«Yaxshiman» deb qo'yaman — gap shu yerda tugaydi:
El uchun — yuz kuladi, dil o'zicha to'ladi.
«Yaxshiman» deb qo'yaman — sirlarim ochilmaydi:
Dardim — o'zimning mulkim, o'zgaga sotilmaydi!
«Yaxshiman» deb qo'yaman — eshitmaydi so'ragan:
So'roq — ko'p-u, quloq — yo'q... shunday bo'p qoldi zamon.
«Yaxshiman» deb qo'yaman — kim so'rasa holimni,
Shu ikki so'z — qalqonim: bekitadi zorimni.
«Yaxshiman» deb qo'yaman ko'zguga ham... kulmaydi:
U — aldamay ko'rsatar, yolg'onimga ko'nmaydi.
«Yaxshiman» deb qo'yaman onamga ham - borlig'im:
Yuragi ko'tarolmas jigarining og'rig'in.
«Yaxshiman» deb qo'yaman — so'nggi nafasgacha ham:
Elga — kulgim qoladi, Egamga — rostim, Qurbon.
Sample comments about this video
"«Yaxshiman» deb qo'yaman — eshitmaydi so'ragan: So'roq — ko'p-u, quloq — yo'q... shunday bo'p qoldi zamon 😞"
"Салом хайирлий кеч,бу таронггиз хам жудаям ёкди,инсонни уйловга,уйлантириб куядиган дилга якин тарона булибди,рахмат сизга шундай ёкимлий таронани яратганиз учун🎉🎉🎉😊😊😊❤❤❤"
"Oʻzizi xayotiz yaxshimi qoʻshnizi xayoti yaxshimi anov pulga qiynalib turgan qoʻshnizchi xabar oldizmi...?"
"Худди менга айтгандек мен хардоим хаммага яхши ман дейман лекин уни акси"







Yorumlar
Yorum yazabilmek için giriş yapmalısınız.
Bilgi: Butona tıkladığınızda xloji güvenli giriş sayfasına yonlendirileceksiniz. Giriş yaptığınızda otomatik olarak bu sayfaya geri döneceksiniz. İlk giriste hoş geldin enerjisi tanımlanır.
Yorumlar yükleniyor...