Cho'ntagingda zar bo'lmasa,
So'zing tengdir bir chaqaga,
Tillo so'zing hech kim olmas,
Hurmat yo'qdir yirtiq yoqaga.

Eski to'nda kirdim to'yga,
Joyim — eshik tagida,
Men gapirdim — kulgi chiqdi,
Qoldim kulgi tagida.

Yangi to'nda kirdim to'yga,
Joyim — to'rning to'rida,
O'sha so'zni aytdim — hamma
Dedi: «To'g'ri, to'g'ri-da!»

Hozir ham shu: to'q gapirsa,
Minglab quloq — bir og'iz,
Yo'q gapirsa — tillo so'zi
Uchib ketar — qolmas iz.

«Yegin, to'nim, yegin, to'nim,
Chaqirilgan — sen, to'nim»,
To'nga ta'zim, to'nga hurmat,
Odam yo'q, to'n bor, jonim.

Kimni ayblay? O'zim ham shu:
Avval boqdim yoqaga,
Keyin so'zga quloq soldim —
So'z ham tushdi chaqaga.

Qurbon bir sir topdi so'zda:
«Til» bor «tillo» boshida,
Cho'ntagi bo'sh odamning ham
Tillosi bor tilida.

Sample comments about this video

"Cho'ntagingda zar bo'lmasa, So'zing tengdir bir chaqaga, Tillo so'zing hech kim olmas, Hurmat yo'qdir yirtiq yoqaga."

"Cho‘ntagida zar bo‘lmasa, qadring ham bilinmas ekan, Puling borida do‘st ko‘p, yo‘q paytingda hech kim qolmas ekan. Hayot shuni o‘rgatdi: insonning qadri pul bilan o‘lchanmasin, Bugun kulib turgan yuzlar ertaga begona bo‘lib qolmasin… 💔"

"Бу хозир замон хакейкати афсус шундай,илохим оллох сиздан Рози булсин кадирдоним🎉🎉🎉❤❤❤"

"Ха Чунтакда ЧАКА булса ЧАКА хам тинч етар БЕШШИКДА, Чунтакда ЧАКА булмаса, Жаллод турар доим ЕШИКДА, Соламат булинге кайирдан топдингиз Укам зур ХАЕТ, ❤Яшшовоор❤"

"Афсуски бу хакикат. Ижодингиз бардавом булсин, доим оллохнинг панохида булинг. ❤❤"

"Одамлар состоянингга қараб муомала қилади. Бу иллат хеч қачон йўқолмайди, ҳаттоки исломни тушунган диндорларни кўпида хам учратганман бу иллатни"

"Quwiq zur ekan lekin vaqti kwm aka 5 6 minutli quwiqla chiqarng"