Qadahni ko'tarding — qadring tushdi past,
Bir kosa may bilan bo'lding-ku sen mast,
Har kecha mayxona — senga bo'ldi uy,
Uydagi ko'z yoshlar — senga bo'ldi kuy!

Sen may deb ichganing — bolangning noni,
Sen may deb ichganing — onangning joni,
Har qultum — bir yiling, sezmading, jo'ra,
Sen may deb ichganing — yoshlik davroni!

Sen may deb ichganing — uying, oshyoning,
Sen may deb ichganing — obro'-nishoning,
Do'stlaring qolmadi — piyola qoldi,
Sen may deb ichganing — tinch xonadoning!

Sen uni yutding-u — u seni yutdi,
Sen kulding — u esa jimgina kutdi,
Har tunda bir qultum — bir yilni oldi,
Sekin-sekin seni — o'zingdan uzdi.

Qadaming eshitib — bolang berkinar,
Onang esa hamon — duoda turar,
Xotining ko'z yoshin ko'ylakka artar...
Ularni shishaga alishma do'stim!

Hali onang tirik — duosi kutar,
Hali bolang seni — «otam!» deb chorlar,
Hali eshigingni yopmagan hech kim —
Bir bora qaytsang bas — hammasi qaytar!

Men va'z aytmayman — men ham bandaman,
Faqat bir so'zim bor, uka-jonginam:
Qadah ko'targancha— bolangni ko'tar,
Bu — Qurbonning so'zi... o'ylab ko'r, odam.

Sample comments about this video

"Хакийкатдан хам зур тарона булибди,уйлаб колдим ман ичиб куриб бор гамимни,ташвишимни унутсам кошкей🎉🎉🎉😢😢😢"

"Зор гап йок мужиковский кошик болибди Аллох падла болишдан сакласин рахмат кошикди койганларга❤❤❤"

"Жуда-жуда Зўр қўшиқ бўлибди маладес Гап йўқ қайта қайта зшитиш керак"

"жуда зур кушик у́йлантиради, афсуслантиради, ва тарбиялайди.Котта рахмат ижодларинг бардавом булсин!!👍🏻👍🏻🎉🎉"

"❤🎉 ОФАРИН Зур Гап йук ажойиб ижро булибди омад ижодларга 🎉❤"

"Tarbiyaviy qoʻshiq bulipti Men narkalogiyada ishleman ... Alkashlar irodasiz bub qolishgan uji ..."

"Зора шу кушикни эшитиб,ичувчилар ичишни ташласалар жуда яхши иш буларди,алкашлар камаярди..😂😂😂😢😢😢😊😊😊"

"Yoshlikda har kim ham, qaysidir manoda, yuldan adashadi , lekin hammaga kabatullohni kurish, ziyorat qilish nasibu ro'z aylasin, yurtimizni tinjligi abadiy bulsin,"