Ginani men o'zim ekdim,
Ko'z yoshimni o'zim to'kdim,
Jabrini ham o'zim chekdim —
O'zim boqqan dushmanlarim...

Qo'rquvimni o'zim boqdim,
Chirog'ini o'zim yoqdim,
Endi haydab chiqarolmam —
O'zim boqqan dushmanlarim...

Mehmon edi — xo'ja bo'ldi,
Ko'nglim uyi unga to'ldi,
O'z uyimda meni qul qildi!
O'zim boqqan dushmanlarim...

Gina deydi: «Aslo unutma!»,
Shubha deydi: «Do'stga ishonma!»,
Qo'rquv deydi: «Uyingdan chiqma» —
O'zim boqqan dushmanlarim...

Ovozimda so'zlanadi,
Fikrim kabi tuslanadi,
Qay biri — men?.. Bilolmayman!
O'zim boqqan dushmanlarim...

Ey Xudo, O'zing asragin,
Zikring-la uyim yoritgin:
Nur kirgazib dartni aritgin!
O'zim boqqan dushmanlarim...

Uyim — endi nurga to'lsin,
Dushmanlardan ozod tursin
Qurbon uyi obod bo'lsin!
O'zim QUVGAN dushmanlarim!

Sample comments about this video

"Bu qo'shiq har kimga o'zicha yaqin: ota-ona nomukammal farzandi haqida, tadbirkor o'zi oyoqqa turg'izgan odami haqida, yoki har bir kishi ichidagi kurashi haqida o'ylashi mumkin. Har kim o'zicha tushunadi, har kim o'z dardini topadi. Qo'shiqda majoziy ma'noni qidiring..."

"Хакикатанам хозир шунклар купайган Алох инсоф берсин Зур 👏👏👏 чикибти 😔😔😔😔😔😔😢😢😢😢😢😢"

"Хаётий кушик,хаётий клип булибди,бор хакикат бу,шундай душман фарзандлар булиб колишидан худо асрасин"

"😢Allohim ozi asrasin, bir farzandi dunyoga keltirib uni komola etirincha qancha umriz ketadi, xechqachon xech kimni farzandi nomoqul bolmasin, ilohim farzandlarimiz taqvoli rabimdan qorqadigan bolsin."